Use APKPure App
Get Ikki buyuk donishmand old version APK for Android
Abu Iso at-Termiziy va Al-Hakim at-Termiziy hayotlari va ta'limotlari
UBAYDULLA UVATOV
IKKI BUYUK DONISHMAND
(Abu Iso at-Termiziy, Al-Hakim at-Termiziy)
«SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI
BOSH TAHRIRIYATI TOSHKЕNT – 2005
Taqrizchi:
filologiya fanlari doktori 3. ISLOMOV
Qadimiy shaharlarimizdan biri Termiz azaldan ilm-fan va madaniyatning yirik markazlaridan biri sanalgan. 2500 yilligini nishonlagan Termiz shahridan yuzlab buyuk allomalar — at-termiziylar o‘z ta’limotlariyu kashfiyotlari bilan jumlai jahonda shuhrat qozonganlar. Jumladan, mana shunday buyuk at-termiziylardan mashhur muhaddis Abu Iso atTermiziy va ulug‘ mutafakkir Al-Hakim at-Termiziyni qo‘rsatish mumkin. Taassufki, bizda hali-hanuz bu allomalarning hayotlari va boy ilmiy-ma’naviy meroslari haqida maxsus risola va asarlar yaratilgani yo‘q. Shu bois qo‘lingizdagi ushbu risola mazkur allomalarning hayot yo‘llari va ilmiy asarlari haqida mufassal ma’lumot beradi, degan umiddamiz.
Risola keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Nasaf, Marg‘ilon, Farg‘ona, Shosh (Toshkent) kabi qadimiy shaharlarimizning nomini eshitmagan inson kurrai zaminda topilmasa kerak. Chunonchi, bir necha ming yillik tarixga daxldor bo‘lgan bu shaharlardan jahoniy miqyosda shuhrat qozongan ko‘plab buyuk allomalar, donishmandu mutafakkirlar chiqib, o‘z asarlari va ta’limotlari bilan bashariyat hayotini nurafshon qilishdek ulug‘ bir ishga xizmat qilganlar. Mana shu «mo‘ysafid» shaharlarimizdan biri bo‘lgan Termizning nomi jahon ahli tomonidan alohida bir mehr, alohida bir ehtirom bilan tilga olinadi. Chunonchi, ko‘hna tarix kitobining qay bir sahifasini varaqlamang bu qutlug‘ zamindan yetishib chiqqan o‘nlab, yuzlab olimu ulamolar, fozilu fuzalolarning at-termiziy nisbasi bilan atalgan tabarruk nomlarini uchratasiz. Hayot falsafasini qarangki, bu zoti shariflarning hayoti va boy ilmiy-ma’naviy meroslari asrlar osha Mag‘ribda ham, Mashriqda ham alohida qiziqish va izchillik bilan muttasil ravishda o‘rganilar, asarlari turli tillarga tarjima qilinar, bir so‘z bilan aytganda, ular jahon ilmu-irfon ahlining doimiy e’tiborida, tilida va dilida bo‘lib keldilar. Achinarli tomoni shundaki, o‘z ta’limotlariyu asarlari bilan dunyoni lol qoldirgan bu buyuk siymolar kindik qoni tomgan o‘z yurtlarida noma’lum, begonayu bechora edilar. Sobiq tuzumning chirkin siyosati tufayli xalqimiz, keng jamoatchilik ularning asarlari tugul ismishariflarini ham bilmasdilar, ular merosidan bebahra edilar. Lekin hayotda adolat degan buyuk bir tushuncha ham bor. Ollohning nazari tushgan yurtimizda bundan o‘n uch yil muqaddam tom ma’noda tarixiy bir voqea yuz berdi.
Last updated on Jan 16, 2021
Ikki buyuk donishmand
Telechargé par
Ngọc Quan
Nécessite Android
Android 4.4+
Catégories
Signaler
Ikki buyuk donishmand
2.0 by Sabr
Jan 16, 2021