Imo-ishoralar siri


8.0 by Propubplace
Jul 10, 2024 Old Versions

About Imo-ishoralar siri

Muloqotda nafaqat so'z balki tana, qo'l harakatlari va yuz mimikalari muhimligi

Inson ma’lumotni nafaqat so‘zlar yordamida (verbal usulda) boshqalarga uzatadi, balki imo-ishoralar, mimika, tana holati, tashqi ko‘rinish, suhbat paytidagi oraliq masofa, bezaklar, pardoz kabi noverbal usullar yordamida ham oshkor qilishi mumkin. Biz inson haqidagi ma’lumotlarning katta qismini (80 % atrofida) aynan noverbal manbalardan olishimiz isbotlangan bo‘lib, so‘zlardan esa umumiy ma’lumotning faqatgina 20 % qismini olishimiz mumkin ekan.

Ko‘p hollarda noverbal ma’lumot idrokimizdagi «kadr ortida» qolib ketadi, chunki biz ularni o‘qishni va talqin qilishni bilmaymiz. Aksar hollarda biz ochiq-oshkor narsani sezmaymiz: inson o‘zining noroziligidan ogohlantirib boshini inkorona bosh irg‘asa ham, biz baribir rasman aytilgan rozilik so‘zlariga ishonamiz. Bizni tabassum bilan qarshilagan inson qo‘lini ko‘ksiga chalishtirib turgani – o‘zini himoya qilish holati ekaniga e’tibor qilmaymiz, bu esa «menga noqulay, o‘zimni o‘ngg‘aysiz his qilyapman» ma’nosini beradi. Bu kitob imo-ishoralar va tana harakati tilini, yuz ifodasi va tana holati tilini o‘rganishni xohlaganlar uchun, suhbatdoshi haqida u o‘zi haqida gapirganidan ko‘ra ko‘proq bilishga harakat qiluvchilar, inson xatti-harakatining asl, tub sabablari sirini ochishni, suhbatdoshining lahzalardagi kayfiyatini aniqlashni istaganlar uchun. Agar siz faqat ijobiy qiyofa ifodalashga yordam beradigan noverbal belgilarni ishlatib o‘z tanangizni boshqarishni, bu bilan suhbatdoshingizni ijobiy tasavvur va kayfiyatga yo‘naltirishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, unda bu kitob siz uchun. O‘z tanangiz sizni sotib qo‘ymasligi, aksincha sizga ittifoqdosh bo‘lishi uchun imo-ishoralar alifbosini sinchiklab, obdan o‘rganishingiz, har bir noverbal signal qanday ma’no anglatishini yaxshi bilib olishingiz darkor. Kitobni o‘qib, kelajakda bu qimmatli tajribadan foydalaning. Kitobni sizga taqdim va tavsiya etishimizdan maqsad shu.

What's New in the Latest Version 8.0

Last updated on Jul 12, 2024
Imo-ishoralar siri

Additional APP Information

Latest Version

8.0

Uploaded by

Myint Zaw Tun

Requires Android

Android 5.0+

Available on

Report

Flag as inappropriate

Show More

Use APKPure App

Get Imo-ishoralar siri old version APK for Android

Download

Use APKPure App

Get Imo-ishoralar siri old version APK for Android

Download

Imo-ishoralar siri Alternative

Get more from Propubplace

Discover