Yulduzli tunlar


9.0 door Propubplace
Jul 8, 2024 Oude versies

Over Yulduzli tunlar

Pirimqul Qodirov qalamiga mansub tarixiy roman.

„Yulduzli tunlar“ - o‘zbek yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub tarixiy roman. Asarda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti haqida so'z yuritiladi. Qodirov mazkur roman ustida o’n yil (1969-1978) davomida ish olib borgan. „Yulduzli tunlar“ ga „Boburnoma“ hamda „Humoyunnoma“ asarlari asos bo’lgan.

„Yulduzli tunlar“ zamonaviy o'zbek adabiyotining eng sara asarlaridan biri hisoblanadi. Qodirov 80-yillarda „Yudduzli tunlar“ romanining mantiqiy davomi sanalmish, Boburning farzandi Humoyun va nabirasi Akbar Jaloliddin Muhammad hayoti haqida hikoya qiluvchi „Avlodlar dovoni“ („Akbar“) romanini yozgan.

„Yulduzli tunlar“ dunyoning bir necha tiliga, jumladan, rus, qoraqalpoq, qirg’iz, qozoq, urdu, turkman, hind hamda bengal tillariga tarjima qilingan.

Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o’nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin. «Yulduzli tunlar» ana shu majoziy kemalardan biri tarzida yuzaga keldi. Uni 1972-yilda ilk bor yozib nashrga topshirganimda tog’day bir yuk yelkamdan tushganday bo’lgan edi.

Lekin mustabid tuzum tazyiqi ostida roman olti yil chop etilmay yotdi. Bu yillar davomida o’sha zalvarli yukni yana yelkamda ko’tarib yurganday bo’ldim. Qo'lyozmani ko‘pgina mas’ul mutasaddilar, katta akademiklar o’qib fikr aytishdi. Chop etish masalasi Qizil imperiya markazining ruxsati bilangina hal etilishi mumkin ekan. Qo'lyozmaning satrma-satr tarjimasini Moskvada ham o’qishib, yozma taqrizlar berishdi.

Xilma-xil fikr va mulohazalar changalzoridan tikanlarga tirnalib o'tdim, yo‘limdan adashib ketmaslik uchun doim tarix haqiqatiga, xususan - «Boburnoma» dag asl manbalarga tayandim. Olti yil davomida romanga kiritgan yangi tahrirlarim ko'proq uning badiiy nuqsonlarini tuzatishga, tarix haqiqatini chuqurroq ochishga qaratildi.

1979-yilda rahmatli Sharof Rashidovning yordami bilan roman kitob bo’lib chiqdi. 1981-yilda unga Davlat mukofoti ham berilganligi mustabid tuzum zolimlarining qahrini keltirgan bo’lsa kerak. Ular «paxta ishi», «o‘zbek ishi» degan dahshatli tuhmatlar davrida Amir Temur va Bobur mirzoga qarshi yangi hujumlar uyushtirib, meniham roman bilan birga loyqa sellar girdobiga tortib tushurishga urinib ko‘rdilar.

Lekin jamoat fikri uyg‘ongan, istiqlolimiz tongi otayotgan paytlar edi. Prezidentimiz Islom Karimov O‘zbekistonga rahbar bo’lgan kundan boshlab tarixiy adolatni tiklashga juda katta e’tibor berdi. Dilimizda armon bo’lib yurgan ezgu orzularning ushalishi uchun endi imkon yaratildi.

Wat is er nieuw in de nieuwste versie 9.0

Last updated on Jul 28, 2024
Yulduzli tunlar

Aanvullende APP -informatie

Laatste Versie

9.0

Geüpload door

Renan Luciano

Android vereist

Android 5.0+

Available on

Melden

Rapporteer als ongepast

Meer Info

Use APKPure App

Get Yulduzli tunlar old version APK for Android

Downloaden

Use APKPure App

Get Yulduzli tunlar old version APK for Android

Downloaden

Yulduzli tunlar Alternatief

Krijg meer van Propubplace

Ontdekken